Abduqodir Husanovning “Brayton”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Abduqodir Husanovning “Brayton”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
15 mart, 2025 yilda Angliya Premer Ligasining 29-tur bellashuvi doirasida \"Manchester Siti\" o‘z maydonida \"Brayton\"ni qabul qildi. Bellashuv \"Etixad\" stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:2 hisobida yakunlandi.

“Man Siti” – “Brayton” uchrashuvidan so‘ng turli platformalar futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi.

Flashscore portali ma’lumotlariga ko‘ra, Husanovga 6,4 ball qo‘yilgan.
Abduqodir Husanovning “Brayton”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Foto: Flashscore
Bu “shaharliklar” himoyachilari orasida uchinchi o‘rin. Diash 6,3 ball bilan eng past ko‘rsatkich qayd etgan.

Sofascore’ga ko‘ra, Abduqodir 6,4 ball olgan.
Abduqodir Husanovning “Brayton”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Foto: Sofascore
Bu esa “Man Siti” himoyachilari orasidagi eng past ko‘rsatkich. Ushbu portal Diashga 6,7 ball, Lyuisga 6,5 va Gvardiolga 7,1 ball qo‘ydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.