Jahon kubogi. To‘rabek Habibullayev finalga yo‘l oldi

Jahon kubogi. To‘rabek Habibullayev finalga yo‘l oldi
Xabaringiz bor, 31 martdan Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun yarim final janglari start oldi. Ushbu bosqichga 8 nafar bokschimiz yetib keldi va bugun ulardan 5 nafari ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

Hozirgina -90 kg vazn toifasida To‘rabek Habibullayev va Hindiston vakili Vishal jangi yakunlandi. Hamyurtimizning katta ustunligida o‘tgan bahs natijada ham o‘z isbotini topdi. To‘liq davom etgan to‘qnashuvda Habibullayev hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, bundan oldingi jangda Madiyar Daniyarov mezbon bokschi Luiz Oliveyraga ochkolar hisobida mag‘lub bo‘ldi va bronza medaliga ega chiqdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.