Superliga. "Nasaf" derbida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Superliga. "Nasaf" derbida yirik hisobda g‘alaba qozondi
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan \"Sho‘rtan\" va \"Nasaf\" o‘rtasidagi bellashuvida \"ajdarlar\" 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Husayn Norchayev hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqaga kelib Oybek Bozorov hisobni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Shu bilan birga, 70-daqiqada Sharof Muhitdinov hisobni yiriklashtirib qo‘ygan bo‘lishiga qaramasdan, 10 daqiqa o‘tib Sirojiddin Qo‘ziyev penaltidan unumli foydalangan holda, hisobni qisqartirdi. Bundan tashqari, o‘yinning 86-daqiqasida Muhitdinov dublni rasmiylashtirib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

“Sho‘rtan” — “Nasaf” 1:4
Gollar
: Husayn Norchayev 5 0:1, Oybek Bozorov 26, 0:2, Sharof Muhitdinov 70, 0:3, Sirojiddin Qo‘ziyev (penalti) 80, 1:3, Sharof Muhitdinov 86, 1:4

\"Sho‘rtan\": 1.Shoxruhjon Eshbo‘tayev, 3.Shoxjahon Sultonmurodov, 6.Sirojiddin Qo‘ziyev, 10.Temur Mamasidiqov (47.Asilbek Anvarov, 65), 11.Daler Sharipov (88.Abbos Ergashboyev, 46) 14.Abrorbek Toshqo‘ziyev, 15.Jo‘rabek Mannonov (21.Murodxo‘ja Jabborov, 88), 22.Sardor Sadullayev ( 24.Doniyorjon Narzullayev, 46) 55.Azizbek Pirmuhammadov, 77.Asadbek Saitxonov, 99.Komron Saydazimov (8.Shahboz Nuriddinov,46).
Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 4.Ulug‘bek Xudayberdiyev, 17.Javohir Hasanov, 19.Nuriddin Hasanov.

\"Nasaf\": 35.Abduvohid Ne’matov, 6.Murodbek Rahmatov, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov ( 5.G‘olib G‘aybullayev,72), 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhitdinov (33.Baxodir Halilov, 88), 18.Husayn Norchayev (80.Davronbek Usmonov,72) 19.Stefan Cholovich (9.Javohir Sidiqov, 72), 22.Igor Golban, 77.Oybek Bozorov (20.Islom Kenjaboyev, 88), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1. Oleksandr Vorobey, 2.Alibek Davronov, 17.Suhrob Nurulloyev, 28.Shuhrat Muhammadiyev.

Ogohlantirish: Abror Toshqo‘ziyev (\"Sho‘rtan\") 56, Shoxjahon Sultonmurodov (\"Sho‘rtan\") 62, Igor Golban (\"Nasaf\") 78, Asilbek Anvarov (\"Sho‘rtan\") 90.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.