Superkompyuter Chempionlar Ligasida jamoalarning g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini baholadi

Superkompyuter Chempionlar Ligasida jamoalarning g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini baholadi
Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi bashlaridan so‘ng \"Opta\" mutaxassislari superkompyuterni yana ishga tushirib, jamoalarning musobaqada g‘alaba qozonish ehtimollarini hisoblab chiqishdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Yevropa Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha eng yuqori imkoniyat Londonning “Arsenal” klubiga tegishli. “Kanonirlar”ning turnirda g‘alaba qozonish ehtimoli — 27,8 foiz.

Ikkinchi o‘rinda “Barselona” — 25,9%, uchinchi o‘rinda esa PSJ joylashgan — 21,9%. To‘rtinchi pog‘onada Milanning “Inter” klubi — 19,8%.

Qolgan jamoalarning imkoniyatlari quyidagicha: “Bavariya” — 3%, “Real Madrid” — 0,9%, “Aston Villa” — 0,8% va “Borussiya Dortmund” — 0%.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Chempionlar Ligasi g‘olibi “Real Madrid” bo‘lgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.