Karlo Anchelotti o‘zi ishlashni orzu qilgan klub nomini ma’lum qildi

Karlo Anchelotti o‘zi ishlashni orzu qilgan klub nomini ma’lum qildi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘zining orzusi haqida gapirdi — u bir paytlar “Liverpul”ni boshqarishni xohlagan.

“Men “Liverpul”ni boshqarishni orzu qilardim. Lekin “Everton”ga keldim va derbilardagi raqobatni jonli his qildim. Endilikda men “Everton” muxlisiman”, — dedi Anchelotti.

U derbilardagi atmosferani “o‘zgacha ishtiyoq” deb ta’rifladi.

Ma’lumki, Anchelotti “Real”ni 2021 yildan boshqarib kelmoqda. Uning shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi, ammo unga oid ketish haqidagi mish-mishlar kuzatilayotgandi.

Siz Anchelottini “Liverpul”da tasavvur qila olasizmi?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.