Real murabbiyi mag‘lubiyatga izoh berdi

\"Real Madrid\" Chempionlar Ligasi chorak finalida \"Arsenal\"ga har ikki uchrashuvda yutqazib, musobaqani tark etdi, deb euro-football.ru xabar berdi. Birinchi o‘yinda 0:3, ikkinchisida esa 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan madridliklar yarim finalga chiqa olmadi.
Uchrashuvdan so‘ng \"Real\" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Movistar telekanaliga intervyu berib, vaziyatga munosabat bildirdi:
“Dinamika o‘zgarishi uchun bizga nimadir ijobiy narsa kerak edi. Bir oz ishonch, bir oz turtki. Harakat qildik, lekin birinchi o‘yindagi oqimni o‘zgartira olmadik. Keling, ochiq gaplashaylik — \'Arsenal\' har ikki o‘yinda ham bosqichdan o‘tishga haqli edi. Futbolda ikki tomon bor: quvonch va qayg‘u. Biz odatda qayg‘uli tomonda bo‘lmaymiz, lekin bu safar bundan saboq olib, kelajakda kuchliroq bo‘lishimiz kerak”, – dedi Anchelotti.
\"Real\" keyingi o‘yinini 20-aprel kuni Ispaniya La Ligasida \"Atletik\"ga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uchrashuvdan so‘ng \"Real\" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Movistar telekanaliga intervyu berib, vaziyatga munosabat bildirdi:
“Dinamika o‘zgarishi uchun bizga nimadir ijobiy narsa kerak edi. Bir oz ishonch, bir oz turtki. Harakat qildik, lekin birinchi o‘yindagi oqimni o‘zgartira olmadik. Keling, ochiq gaplashaylik — \'Arsenal\' har ikki o‘yinda ham bosqichdan o‘tishga haqli edi. Futbolda ikki tomon bor: quvonch va qayg‘u. Biz odatda qayg‘uli tomonda bo‘lmaymiz, lekin bu safar bundan saboq olib, kelajakda kuchliroq bo‘lishimiz kerak”, – dedi Anchelotti.
\"Real\" keyingi o‘yinini 20-aprel kuni Ispaniya La Ligasida \"Atletik\"ga qarshi o‘tkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













