“Manchester United” 67 yildan beri ilk marta 5:4 yutdi

“Manchester United” 67 yildan beri ilk marta 5:4 yutdi
Yevropa Ligasi chorak final javob bahsida “Manchester United” “Lion” ustidan 5:4 hisobida g‘alaba qozondi, deb Euro-Football.ru xabar berdi.

“Old Trafford”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda “qizil iblislar” 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq mehmonlar hisobni tenglashtirib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib chiqdi. U yerda “Lion” yana 2 gol urib, 2:4 hisobda oldinga o‘tdi.

Bruno Fernandes penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi (3:4). So‘nggi eksta taymda Kobbie Mainu va Harry Maguire gollari evaziga “United” tarixiy 5:4 hisobida g‘alabaga erishdi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, “Manchester United” bu hisobda so‘nggi marta 1958-yil fevralda “Arsenal”ga qarshi g‘alaba qozongan.

Yarim finalda “Manchester United” “Athletic Bilbao”ga qarshi o‘ynaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.