Obameyang «Bavariya»ga urgan golini nega bunday antiqa tarzda nishonlagani ayon bo‘ldi

Obameyang «Bavariya»ga urgan golini nega bunday antiqa tarzda nishonlagani ayon bo‘ldi
Obameyang «Bavariya»ga urgan golini nega bunday antiqa tarzda nishonlagani ayon bo‘ldi

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Germaniya chempionatining «Bavariya» ga qarshi kechgan uchrashuvida (1:0) kiritgan golini «otjimanie» orqali nishonlanganiga izoh berib o‘tdi.

«Fransiyalik yaqin do‘stlarimdan biri, repper uchrashuv paytida stadionda o‘tirgandi. U shu mashqqa bag‘ishlab yangi qo‘shiq yozdi. Shu boisdan ham golni unga bag‘ishlashga qaror qildim.

To‘g‘risini aytishim kerak, u «Bavariya»ning muxlisi va faqat meni emas Frank Riberining ham do‘sti. Shuning uchun unga uchrashuv tugagach, «Borussiya»ga muxlis bo‘lib qolishini aytgandim, – deya futbolchidan iqtibos keltiradi klub rasmiy sayti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.