Evropa millatlari kubogi finalida rossiyalik va gruziyaliklar kurashchilar mushtlashib ketishdi


Buxarestda erkin kurash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Evropa millatlari kubogi musobaqasi finalida Rossiya va Gruziya terma jamoalari uchrashdi. Uchrashuv vaqtida sportchilar orasida nizo chiqib, tez orada ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi. Ba’zilar janjalkashlarni ajratib qo‘yishga harakat qilsa, boshqalar esa aksincha mushtlashuvga yanada zo‘r berganlar.
Oxir-oqibat uchrashuv bir muddatga to‘xtatib qo‘yilgan. Uchrashuv hakamlari sportchilarga xos bo‘lmagan xatti-harakatlar uchun gruziyalik Zurab Datunashvili va rossiyalik Imil Sharafetdinovni musobaqadan chetlashtirdilar.
Uchrashuv Gruziya terma jamoasining 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Rossiyalik sportchilar esa kumush medallar bilan kifoyalanib qolishdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













