Shomurodov "Verona"ga qarshi o‘yinda qanday statistika qayd etdi?

Shomurodov "Verona"ga qarshi o‘yinda qanday statistika qayd etdi?
Italiya A Seriyasining 33-turidan o‘rin olgan bahsda \"Roma\" o‘z maydonida \"Verona\" klubi bilan to‘qnash kelib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu bellashuvni milliy terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov dastlabki daqiqalardan boshlab, 4-daqiqada hisobni ochdi. Mazkur gol uchrashuv taqdirini hal qildi va rimliklarga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

Hamyurtimizning bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etgan statistikasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

- Daqiqa - 82
- Darvozaga yo‘llangan aniq zarbalar - 1/1
- Dribling urinishlari – 0/5
- To‘pga teginishlar soni - 34
- Uzatmalar aniqligi - 15/17 (88%)
- Keskin uzatmalar - 0
- Uzoq masofaga uzatmalar – 0/1
- Yakkakurashlar – 1/7
- Ikkinchi qavatdagi kurashlar - 1/6
- Qoida buzarliklari – 1
- Unga nisbatan qoida buzilishi – 1
- To‘p tortib olish – 0
- XG - 0.99

Eldor Shomurodov ushbu harakatlari bilan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.