Inter va Barselona dramasi: Milanliklar final yo‘lida (video)

Inter va Barselona dramasi: Milanliklar final yo‘lida (video)
\"Inter\" va \"Barselona\" o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi yarim final javob o‘yini Milandagi \"Juzeppe Meazza\" stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda \"Inter\" 4:3 hisobida zafar quchdi va umumiy 7:6 natija bilan finalga chiqdi.

Interning gollarini Lautaro Martinez (21-daqiqa), Hakan Chalhanog‘lu (45+1, penalti), Franchesko Acerbi (90+3) va Davide Frattesi (99) kiritdi. Barselonadan esa Erik Garsiya (54), Dani Olmo (60) va Rafinia (87) gol mualliflariga aylandi.

Statistikaga ko‘ra, \"Barselona\" to‘pni ko‘proq nazorat qildi (72%), ammo \"Inter\"ning qarshi hujumlari nihoyatda xavfli va samarali bo‘ldi. Shu tariqa, \"Inter\" final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.