Krishtianu Ronaldu Yamalni himoya qildi

Krishtianu Ronaldu Yamalni himoya qildi
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning yosh yulduzi Lamin Yamal haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning aytishicha, Yamal jamoadoshlar bilan ham, individual tarzda ham katta sovrinlarga erishadi:

“Lamin jamoadoshlar bilan ham, individual tarzda ham ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritadi. U — haqiqiy fenomen. Uni uzoq yillar davomida kutilgan muvaffaqiyatlar kutmoqda. Ulardan biri — Millatlar Ligasi bo‘ladi. U endigina 17 yoshda... Iltimos, uni tinch qo‘yinglar. U hotirjam bo‘lishi kerak,” — dedi Ronaldu.

Ronalduga ko‘ra, katta sahnaga erta chiqqan yosh futbolchilar uchun sokin muhit eng katta yutuqlardan biridir. Vaqti keladi, Yamal hali ko‘p narsalarni isbotlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.