«Paxtakor» o‘z maydonida «Al-Ayn»ga yutqazib qo‘ydi

«Paxtakor» o‘z maydonida «Al-Ayn»ga yutqazib qo‘ydi
«Paxtakor» o‘z maydonida «Al-Ayn»ga yutqazib qo‘ydi

Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan \"Paxtakor\" hamda \"Al-Ayn\" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda 0:1 hisobi qayd etilib, mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin yomon boshlanmadi. Birinchi bo‘limda maydon egalari o‘yinni nazorat qilishning uddasidan chiqishdi. Lekin, ikkinchi bo‘limda hammasi o‘zgarib ketdi.

Yagona gol uchrashuvning 60-daqiqasida Stox tomonidan kiritildi. O‘yin oxirlarida mehmonlar bitta kam bo‘lib harakat qilishsada, \"Paxtakor\" javob golni ura olmadi.

Shu tariqa \"Paxtakor\" mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Osiyo Chempionlar ligasi, 3-tur
\"Paxtakor\" - \"Al-Ayn\" — 0:1

Gol: Stox (60)
\"Paxtakor\": Lobanov, Merzlyakov, Krimes, Oraxovas, Hoshimov, Sohibov, Maxaradze, Kozak, Andreev, Iskanderov, Sergeev.
\"Al-Ayn\": Holid Isa, Ismoil Ahmad, Muhannad Salim, M.G‘arib, Faris Juma, Jires Ekoko, M.Abdulrahmon, Ibrohim Diaki, Ahmad Barman, Stox, Myun Ju.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.