Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Mash’al"ni "yanchib tashladi"

Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Mash’al"ni "yanchib tashladi"
Superliganing 14-turidan o‘rin olgan \"Navbahor\" - \"Mash’al\" bahsi yakuniga yetdi. Ushbu bellashuvda maydon egalari raqib darvozasiga javobsiz 6 ta to‘p kiritdi.

Uchrashuvda asociy ustunlik mezbonlarda bo‘ldi. 7-daqiqada Alisher Odilov hisobni ochgan bo‘lsa, 22-daqiqada Ruslanbek Jiyanov hisobni ikkitaga oshirdi. 37-daqiqaga kelib Zabihullo O‘rinboyev hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Abbosjon G‘ulomov 39-daqiqada gol urib, uchrashuv masalasini hal qildi.

Aynan G‘ulomov 53-daqiqada yana gol urdi. Oltinchi gol muallifi esa 84-daqiqada Pedro Augusto bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng namanganliklar 26 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Muborakliklar esa 15 ochko bilan 9-pog‘onadan joy olgan.

\"Navbahor\" – \"Mash’al\" 6:0
Gollar
: Alisher Odilov (Igor Gabriyel) 7, 1:0, Ruslanbek Jiyanov (penalti) 22, 2:0, Zabihillo O‘rinboyev (Ruslanbek Jiyanov) 37, 3:0, Abbosjon G‘ulomov (Ruslanbek Jiyanov), 39, 4:0, Abbos G‘ulomov (Ruslanbek Jiyanov) 54, 5:0, Pedro Augusto (Shohmalik Komilov) 84, 6:0

“Navbahor”: 16. Shukron Yuldashev, 7. Azimjon Axmedov ( 8. Shohmalik Komilov, 46), 9. Zabihillo O‘rinboyev (29. Pedro Augusto,66), 12. Saidazamat Mirsaidov, 13. Benjamin Teidi (15. Javohir Abdujabborov, 80), 17. Ruslanbek Jiyanov ( 71. Navro‘zbek Iminjonov, 66) 19. Mirzoxid Gafurov ( 32. Muxammadbobir Mo‘ydinov,66), 33. Sergey Karpovich, 37. Alisher Odilov, 70. Abbosjon G‘ulomov, 99. Gabriyel Igor.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 6. Sherzod G‘ulomjonov, 24. Dostonbek Abdulxayev, 55. Komiljon Tojidinov.

“Mash’al”: 35. Dostonbek To‘xtaboyev, 2. Mudasiru Salifu ( 6. Javohir Abdualimov, 46), 7. Islombek Baratov ( 9. Ibrohim G‘anixonov, 65), 8. Sardor Abduraimov (96. Ibroxim No‘monov, 79) 10. Humoyun Murtozayev ( 32. Muxammadbobir Mo‘ydinov,79), 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Anvar Murodov, 22. Nurjahon Muzaffarov, 28. Ergash Ismoilov, 34. Shaxboz Jo‘rayev, 37. Sherzod Fayziyev (24. Avazxon Mamatxo‘jayev, 46).
Zaxira: 1. Umidjon Hamroyev, 18. Dilshod Rahmatullayev, 19. Islom Sharipov, 77. Jamshid Hasanov.

Ogohlantirish: Dostonbek To‘xtaboyev (\"Mash’al\") 21, Shahboz Jo‘rayev (\"Mash’al\") 88, Sergey Karpovich (\"Navbahor\") 89.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.