"Chelsi" yirik hisobda "Benfika"ni mag‘lub etdi (video)

"Chelsi" yirik hisobda "Benfika"ni mag‘lub etdi (video)
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Benfika” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur bellashuvda “aristokratlar” 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Uchrashuvning 64-daqiqasida Ris Jeyms jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ammo 85-daqiqada kuchli yomg‘ir va yashin tufayli o‘yin to‘xtatildi. Keyin futbolchilar maydonga qaytishdi va hakam bellashuvga 6 daqiqa qo‘shib berdi.

Ushbu qo‘shimcha vaqtda portugaliyaliklar foydasiga penalti belgilandi. 11 metrlik nuqtadan Anxel Di Mariya aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi va ekstra-taymlarga yo‘l ochildi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda Nkunku 108-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (1:2). 114 va 117-daqiqalarda esa Pedro Neto hamda Kiyernan gol urgan holda, yirik hisobni ta’minlashdi (1:4).

Shu tariqa, Enso Mareska shogirdlari chorak finalda Braziliyaning “Palmeyras” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.