PSJ 1/8 finalda "Inter Mayami"ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

PSJ 1/8 finalda "Inter Mayami"ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining pley-off bosqichidan o‘rin olgan PSJ - \"Inter Mayami\" uchrashuvi yakunlandi. Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar \"Inter Mayami\" ustidan 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

Bellashuvning 5-daqiqasidayoq Joau Nevesh hisobni ochgan edi. 39-daqiqaga kelib esa yana portugaliyalik yarim himoyachi gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘limning 44-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda Hakimining qanotdan uzatgan pasi Avelasga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. Shuningdek, marokashlik fulbek ham 45+3-daqiqada o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ 5 iyul kuni soat 21:00 da \"Flamengo\" - \"Bavariya\" g‘olibi bilan chorak finalda to‘qnash keladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.