O‘zbekistonlik bodibilder Tailanddagi jahon birinchiligida oltin medalni qo‘lga kiritdi


29 noyabrdan 5 dekabrgacha Pattaye (Tailand) bodibilding va fitnes bo‘yicha VIII jahon chempionati (8th WBPF World Championships 2016) bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bodibilding va fitnes federasiyasi.

2 dekabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi vakili Pavel Umurzakov 40−49 yoshdagi 23 nafar sportchi orasida «bodibilding ustasi» toifasida eng yaxshi deb topildi. Bu O‘zbekiston tarixida bodibilding bo‘yicha jahon chempionatining birinchi «oltin»i hisoblanadi.

Pavel Umurzakov -bodibilding va fitnes bo‘yicha 2014 va 2016 yillardagi amaldagi mutlaq chempion, ikki karra Osiyo chempioni, 2016 yilgi jahon chempioni.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













