Ronaldu Jorje Jezushni samimiy kutib oldi – foto

Saudiya Arabistoni futbolida yana bir muhim o‘zgarish sodir bo‘ldi — mashhur portugaliyalik mutaxassis Jorje Jezush rasman \"An-Nasr\" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu yangilik nafaqat jamoa ishqibozlari, balki jahon futboli kuzatuvchilari orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur tayinlovga jamoaning yetakchi yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. U ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida shunday deb yozdi:
\"Xush kelibsiz, janob Jorje Jezush!\"
Bu so‘zlar orqali Ronaldu yangi murabbiyni samimiy kutib olganini, uning kelgusi rejalariga ishonch bildirganini ko‘rsatdi.

Jezush avvalroq Saudiya Arabistonining boshqa bir grand jamoasi — \"Al-Hilol\"ni boshqargan. U joriy yilning may oyida ushbu klub bilan xayrlashgan. Mavsum yakunlariga ko‘ra, “Al-Hilol” uning rahbarligida chempionatda ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, “An-Nasr” esa uchinchi o‘rinda qolgandi.
Endilikda ushbu ikki jamoaning o‘zaro raqobati yanada qiziydi, chunki Jezush endi Ronaldu yetakchiligidagi “An-Nasr”ni boshqaradi. Mutaxassisning boy tajribasi, taktik salohiyati va psixologik yondashuvi jamoaga yangi ruh va intizom olib kirishi kutilmoqda.
Futbol ishqibozlari esa yangi mavsumda “An-Nasr”dan yuqori natijalar va muvaffaqiyatli o‘yinlarni kutishmoqda. Ronaldu – Jezush duetining qanchalik samarali chiqishini esa vaqt ko‘rsatadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Mazkur tayinlovga jamoaning yetakchi yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. U ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida shunday deb yozdi:
\"Xush kelibsiz, janob Jorje Jezush!\"
Bu so‘zlar orqali Ronaldu yangi murabbiyni samimiy kutib olganini, uning kelgusi rejalariga ishonch bildirganini ko‘rsatdi.

Jezush avvalroq Saudiya Arabistonining boshqa bir grand jamoasi — \"Al-Hilol\"ni boshqargan. U joriy yilning may oyida ushbu klub bilan xayrlashgan. Mavsum yakunlariga ko‘ra, “Al-Hilol” uning rahbarligida chempionatda ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, “An-Nasr” esa uchinchi o‘rinda qolgandi.
Endilikda ushbu ikki jamoaning o‘zaro raqobati yanada qiziydi, chunki Jezush endi Ronaldu yetakchiligidagi “An-Nasr”ni boshqaradi. Mutaxassisning boy tajribasi, taktik salohiyati va psixologik yondashuvi jamoaga yangi ruh va intizom olib kirishi kutilmoqda.
Futbol ishqibozlari esa yangi mavsumda “An-Nasr”dan yuqori natijalar va muvaffaqiyatli o‘yinlarni kutishmoqda. Ronaldu – Jezush duetining qanchalik samarali chiqishini esa vaqt ko‘rsatadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













