Xosep Gvardiola: «Portu» hali Chempionlar ligasida mag‘lubiyatga uchragani yo‘q


“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi qur’asi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Xabaringiz bor, “Bavariya” qur’aga ko‘ra chorak finalda “Portu”ga qarshi bahs olib boradi.
“Har bir jamoaning kuchli taraflari bo‘ladi. Chempionlar ligasi chorak finalida kuchsiz raqibning o‘zi bo‘lmaydi. “Portu” hali Chempionlar ligasi o‘yinlarida bu yil imkoniyatni boy berishgani yo‘q. Bizning dastlabki maqsadimiz – yarim finalga yo‘l olish”, - deydi Gvardiola.
Manba: www.uff.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













