"Dinamo" o‘rtoqlik o‘yinida Belarus klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

"Dinamo" o‘rtoqlik o‘yinida Belarus klubini yirik hisobda mag‘lub etdi
Mavsumning ikkinchi davrasiga Belarusda tayyorgarlik ko‘rayotgan \"Dinamo\" o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Belarus Oliy ligasi vakili «Molodechno»ga qarshi o‘tgan uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari raqibdan ustunlik qilishdi va 1-bo‘limning o‘zidayoq o‘yin taqdirini hal qilishdi.

Anvarjon Hojimirzayev hisobni ochgan bo‘lsa, jamoaning yangi hujumchisi Ulug‘bek Hoshimov dublga erishdi – 3:0. Samarqandliklar yig‘indagi so‘nggi o‘yinini 25 iyul kuni «Vitebsk»ga qarshi o‘ynaydi.

O‘rtoqlik o‘yini. 23 iyul. Minsk

«Molodechno» - «Dinamo» - 0:3
Gollar
: Anvarjon Hojimirzayev 15, Ulug‘bek Hoshimov 25, 35.

«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Ulug‘bek Abdullayev, Jaloliddin Jumaboyev, Oleksandr Kucherenko, Sanjar Qodirqulov, Ratino, Dmitriy Pletnyov, Jahongir Abdusalomov, Richard Fraydey, Anvarjon Hojimirzayev, Ulug‘bek Hoshimov.

Zaxira: S.Karimov, A.Abdurasulov, M.Stanoyevich, F.Abdurahmonov, B.Nasimov, B.Obloqulov, M.Mirahmadov, A.Hoshimov, X.Xalilov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.