Messisiz maydonga tushgan «Inter Mayami» ochkodan quruq qoldi

Messisiz maydonga tushgan «Inter Mayami» ochkodan quruq qoldi
Messisiz maydonga tushgan «Inter Mayami» ochkodan quruq qoldi

MLS muntazam chempionati doirasida \"Inter Mayami\" o‘z maydonida \"Sinsinnati\" klubini qabul qildi. Jonli va keskin o‘tgan uchrashuv tomoshabinlarga gol urish zavqini ulasholmadi — bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Bu o‘yinda mayamiliklar o‘z yetakchilari — Lionel Messi va Jordi Albasiz harakat qilishdi. Ikkala futbolchi ham yaqinda bo‘lib o‘tgan AQSH hamda Meksika yulduzlari o‘rtasidagi uchrashuvda qatnashmagani sababli bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi. Shu boisdan ular jamoasiga yordam bera olmadi.

G‘alabaga intilib, bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirgan \"Inter Mayami\"ning sa’y-harakatlari golga aylanmadi. Shu tariqa klub ochko yo‘qotdi va jadvalda 42 ochko bilan Sharqiy konferensiyada beshinchi o‘rinda qolmoqda.

Bu paytda \"Sinsinnati\" 49 ochko bilan musobaqa peshqadami hisoblanadi. Ular bu uchrashuvda ham mag‘lub bo‘lmaslik seriyasini davom ettirishga muvaffaq bo‘ldi.

Endilikda \"Inter Mayami\"ning keyingi uchrashuvi va unda Messining maydonga qaytishi futbol ishqibozlari tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.