«Liverpul» «Nyukasl» bilan o‘yinda irodali g‘alabaga erishdi (video)

«Liverpul» «Nyukasl» bilan o‘yinda irodali g‘alabaga erishdi (video)

\"Nyukasl\" hamda \"Liverpul\" o‘rtasida APLning 2-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. \"Liverpul\" Gravenberx va Ekitikelarning goli evaziga ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinga chiqdi. Buning ustiga \"Nyukasl\" futbolchisi Gordon o‘ta qo‘pol o‘ynagani uchun qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolda tashlab ketdi.

Shunga qaramay mezbonlar taslim bo‘lishmadi va 57 hamda 88 daqiqalarda gol urib hisobni tenglashtirishdi. Ammo \"Liverpul\" safida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan 16 yoshli Ngumoha 100-daqiqada (90+10) jamoasining g‘alaba to‘pini kiritib, \"qizillar\"ga 3 ochko olib berdi.

APL. 2-tur
Nyukasl — Liverpul 2:3
«Sent Jeyms Park», Nyukasl-apon-Tayn.
Gollar: Gimaraes 57, Osula 88 — Gravenberx 35, Ekitike 46, Ngumoha 90+10.
Nyukasl: Poup — Trippiyer, Sher, Byorn, Livramento — Bruno, Tonali, Joelinton — Elanga, Gordon, Barns.
Liverpul: Alisson — Soboslai, Konate, van Deyk, Kerkez — Jons, Gravenberx — Saloh, Virs, Gakpo — Ekitike.
Ogohlantirishlar: Gravenberx (8), Konate (25), Byorn (44), Bruno (48).
Chetlatish: Gordon 45+3.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.