Yevropa Ligasi qur’asi: raqamli formatda tarixiy marosim

Yevropa Ligasi qur’asi: raqamli formatda tarixiy marosim
Yevropa Ligasi qur’a tashlash marosimi ilk bor to‘liq avtomatlashtirilgan raqamli texnologiya orqali o‘tkazildi. Umumiy bosqichda jami 36 ta jamoa ishtirok etadi.
Turnirning asosiy bosqichi 2025-yil sentyabr oyida start olib, 2026-yil may oyiga qadar davom etadi. Eng muhim palla – final uchrashuvi 2026-yil 20-may kuni Istanbuldagi “Beshiktosh” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yevropa Ligasi g‘olibi nafaqat kubok sohibi bo‘ladi, balki avtomatik ravishda UYEFA Chempionlar Ligasining 2026/27 yilgi umumiy bosqichiga yo‘llanma ham qo‘lga kiritadi. Shuningdek, chempion keyinchalik Chempionlar Ligasi g‘olibi bilan Yevropa Superkubogi uchun bellashish huquqiga ega bo‘ladi.
Yevropa Ligasi qur’asi: raqamli formatda tarixiy marosim
Yevropa Ligasi qur’asi: raqamli formatda tarixiy marosim
Taqvimga ko‘ra, Yevropa Ligasi asosiy bosqichining 1-tur bahslari 24–25-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Yakuniy – 8-tur esa 2026-yil 29-yanvar kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, raqamli qur’a tizimi shaffoflik va xolislikni ta’minlab, turnirning nufuzini yanada oshirishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.