CAFA Nations Cup-2025. Tojikiston Hindistonga yutqazib qo‘ydi

CAFA Nations Cup-2025. Tojikiston Hindistonga yutqazib qo‘ydi

Bugun \"CAFA Nations Cup-2025\" turnirida ikkinchi guruh o‘yinlari start oldi. Qo‘shnilarimiz hisoblangan Tojikiston terma jamoasi musobaqaning ilk uchrashuvida o‘z maydonida Hindiston bilan kuch sinashdi.

Darvozalarga 3 ta gol urilgan o‘yinda omad hindistonliklarga kulib boqdi (1:2). Tojikiston safidagi yagona golga \"Xorazm\" hujumchisi Shahram Samiyev mualliflik qildi. Keyingi turda 1 sentyabr kuni Tojikiston Afg‘oniston bilan, Hindiston Eron bilan to‘qnash keladi.

\"CAFA Nations Cup-2025\"
Tojikiston - Hindiston 1:2
Gollar: Shahram Samiyev 23 - Anvar Ali 5, Sandesh Jingan 13

Keyingi juftlikda Eron Afg‘onistonni 3:1 hisobida yengdi. Forslar safida gollarga Majid Hosseyni (dubl), Amirxosseyn Xosseynzoda mualliflik qilgan bo‘lsa, Afg‘onistondan Omid Musavi to‘p kiritdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.