Aleksander Isak “Nyukasl”ga samimiy minnatdorchilik bildirdi

Aleksander Isak “Nyukasl”ga samimiy minnatdorchilik bildirdi

\"Liverpul\"ning yangi tarkib a’zosi Aleksander Isak klubni tark etgach, o‘zining sobiq jamoasi \"Nyukasl\"ga yo‘llangan samimiy murojaati bilan o‘rtoqlashdi.

Shved hujumchisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozdi:

— Birgalikda buyuk tarix yo‘lini bosib o‘tdik. Jamoani o‘z haqiqiy maqomiga qaytardik. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdan tortib, 70-yildan keyin birinchi sovrinni yutishgacha bo‘lgan jarayonning bir qismi bo‘lish men uchun katta iftixor. Mangu minnatdorchilik. Rahmat, aziz \"Nyukasl\".

Ma’lumki, Isak yangi mavsumda \"Nyukasl\" safida birorta bahsda maydonga tushmadi. Sababi esa, u \"Liverpul\"ga o‘tish niyatini ochiq bildirgan va shu bois mashg‘ulotlarda qatnashishdan bosh tortgan edi.

Angliya Premer-ligasidagi yozgi transfer oynasi so‘nggi kunida shved hujumchisi orzu qilgan o‘tish amalga oshdi va u \"qizillar\" safidan rekord narx evaziga joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.