Vilatiy Denisov RFPL ramziy terma jamoasiga kiritildi

Vilatiy Denisov RFPL ramziy terma jamoasiga kiritildi
Vilatiy Denisov RFPL ramziy terma jamoasiga kiritildi

O‘zbekiston terma jamoasi hamda Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi himoyachisi Vitaliy Denisov “Sport-Ekspress” nashrining talqiniga ko‘ra Rossiya futbol Premer-ligasi birinchi davrasining ramziy terma jamoasiga kiritildi, deb xabar bermoqda O‘FF matbuot xizmati.

29 yoshli futbolchi har bir uchrashuvda o‘rtacha 6,03 baho bilan Rossiya chempionatining eng yaxshi chap qanot himoyachisi bo‘ldi.

Joriy mavsuma Vitaliy Denisov “Lokomotiv Moskva” tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta sariq kartochka ishlab olgan.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik himoyachi 2013-yili “Lokomotiv Moskva” tarkibiga qo‘shilgan. Shu vaqtgacha u “temiryo‘lchilar”ning 118 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘lgan.

Vitaliy Denisov O‘zbekiston terma jamoasi safida 63 o‘yinda maydonga tushgan va unda ham 1 ta gol kirtgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.