Habibullayev Ispaniyalik raqibini mag‘lub etib finalga yo‘l oldi!

Habibullayev Ispaniyalik raqibini mag‘lub etib finalga yo‘l oldi!

Angliyaning Liverpul shahrida o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati borasida yana bir quvonchli yangilik!

-90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan To‘rabek Habibullayev Ispaniya sportchisi Enmanuel Reyes Pla bilan yuzma-yuz to‘qnashdi. Ushbu bellashuv juda keskin, murosasiz va shiddatli o‘tdi. Har ikki bokschi final yo‘llanmasi uchun bor imkoniyatini ishga soldi.

Habibullayev esa o‘zining tajribasi, kuchli zarbalari va aniq harakatlari orqali hakamlarning e’tiborini to‘liq qozondi. Uch raundlik bahs yakuniga ko‘ra, yurtdoshimiz 4:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Habibullayev Ispaniyalik raqibini mag‘lub etib finalga yo‘l oldi!
Endilikda yurtimiz vakilini finalda yanada mas’uliyatli, o‘ta keskin to‘qnashuv kutib turibdi. Bu natija nafaqat sportchi, balki butun O‘zbekiston boksi uchun katta g‘alaba hisoblanadi.
Habibullayev Ispaniyalik raqibini mag‘lub etib finalga yo‘l oldi!
Eslatib o‘tamiz, chempionatda bizning yana bir hamyurtimiz Jahongir Zokirov Xitoy sportchisi Danabike Bayikevuziga qarshi hal qiluvchi bahs olib boradi.

Toshkentdan yurakdan quvvatlaymiz: finalda ham g‘alaba, To‘rabek!

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.