"Manchester Siti" "Napoli"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi, Husanov to‘liq o‘ynadi

Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turida \"Manchester Siti\" o‘z maydonida \"Napoli\"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘limda inglizlarning mutlaq ustunligiga qaramay, hisob ochilmadi. Ammo ikkinchi bo‘limda Gvardiola shogirdlari raqib darvozasini ishg‘ol etishdi: 56-daqiqada Erling Xoland, 65-daqiqada Jeremi Dok-u o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Asosiy vaziyat 21-daqiqada bo‘ldi - \"Napoli\" sardori Jovanni Di Lorenso to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, jamoasini kamchilikda qoldirdi.
Statistikaga ko‘ra, \"Siti\" darvoza tomon 23 ta zarba yo‘llagan, shundan 8 tasi aniq, to‘pga 74% egalik qilgan va 805 ta aniq pas bergan. \"Napoli\" bunga birgina aniq zarba bilan javob qaytardi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













