Atletiko va Real o‘rtasidagi birinchi taymda 4 ta gol urildi

Atletiko va Real o‘rtasidagi birinchi taymda 4 ta gol urildi
Madrid derbisining birinchi taymi shiddatli va gollarga boy tarzda o‘tdi. \"Vanda Metropolitano\" stadionidagi uchrashuvda \"Atletiko Madrid\" va \"Real Madrid\" jamoalari birinchi bo‘limni 2:2 hisobida yakunladi.
\"Atletiko\" safida Roben Le Norman 14-daqiqada hisobni ochdi, Aleksandr Serlot esa birinchi bo‘limning ikkinchi qo‘shilgan daqiqasida ikkinchi golni kiritdi (45+3’). Real esa javob sifatida Kilian Mbappe (25’) va Arda Guler (36’) orqali hisobni tenglashtirdi.
Statistikaga ko‘ra, Real to‘pga egalik qilishda (58%) va paslar sonida (266) ustunlik qilmoqda. Follar, burchak zarbalari va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha jamoalarning natijalari deyarli teng.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.