Fabio Kannavaro rasman O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi!

Fabio Kannavaro rasman O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi!

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasman e’lon qildi: 2006 yilgi Jahon chempionati g‘olibi, Italiya futboli afsonasi Fabio Kannavaro endilikda O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi bo‘ldi.

Taniqli mutaxassis 3 marta Jahon chempionatida ishtirok etgan va 2006-yilda Italiya bilan chempion bo‘lgan. Endi u O‘zbekiston terma jamoasini 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan mundialga tayyorlaydi.

Kannavaro o‘z shtabi bilan ish boshlaydi. Unga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:

• Aujenio Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);

• Troyze Franchesko — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da faoliyat yuritgan);

• Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoriya” va “SPAL”da ishlagan).

Bu tayinlov O‘zbekiston futboli uchun yangi bosqichni anglatadi — jahon darajasidagi tajriba va professional yondashuv milliy jamoani yangi maqsadlar sari yetaklaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.