Dembele maoshini oshirishni talab qilmoqda

Fransiyalik hujumchi Usmon Dembele \"PSJ\" jamoasida faoliyat yuritmoqda va yaqinda \"Oltin to‘p\" sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng daromadini oshirishni xohlamoqda, deb Euro-football.ru xabar berdi.
L’Équipe nashri ma’lum qilishicha, hozirda Dembelening yillik maoshi 18 million yevroga teng. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi. Ammo shunga qaramasdan, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan.
28 yoshli futbolchi o‘zining yangi shartnomasida daromadini oshirishni istamoqda. U bu talabini \"Oltin to‘p\" sohibi sifatidagi maqomi bilan asoslamoqda. Joriy mavsumda u 4 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan. Muzokaralar yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













