"Arsenal" 12 o‘yinda atigi 3 ta gol o‘tkazib yubordi

"Arsenal" 12 o‘yinda atigi 3 ta gol o‘tkazib yubordi

\"Arsenal\" jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvda \"Atletiko\"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 22-oktyabr, seshanba kuni London shahrida bo‘lib o‘tdi.

Arsenal 2025/2026 yilgi mavsumda jami 12 ta o‘yin o‘tkazdi. Jamoa 8 ta o‘yinni Angliya Premer-ligasida, 3 tasini Chempionlar ligasida va 1 tasini Liga kubogida o‘tkazdi. Ushbu 12 uchrashuvda \"Arsenal\" darvozasidan atigi 3 ta gol o‘tkazib yuborildi.

Bu gollar \"Liverpul\" (0:1), \"Manchester Siti\" (1:1) va \"Nyukasl\" (2:1) jamoalariga qarshi o‘yinlarda kiritildi. Barcha gollar Premer-liga bahslarida urildi.

Chempionlar Ligasi doirasidagi 3 ta o‘yinda \"Arsenal\" raqiblarini mag‘lub etib, umumiy hisobda 8:0 natijani qayd etdi. Jamoa himoyasi mavsum boshidan ishonchli o‘yin namoyish etmoqda.

\"Arsenal\" navbatdagi uchrashuvini 26-oktyabr, yakshanba kuni \"Kristal Pelas\"ga qarshi o‘tkazadi. Klub bo‘lajak bahslarda ham muvaffaqiyatli seriyani davom ettirishni rejalashtirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.