Xabi Alonso Endrikning "Real"dagi sabrini va 7 golini e’tirof etdi

Xabi Alonso Endrikning "Real"dagi sabrini va 7 golini e’tirof etdi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Endrikning jamoa tarkibidagi kelajagi haqida fikr bildirdi. Euro-football.ru yozishicha, braziliyalik futbolchi joriy mavsumda hali biror marta ham maydonga tushgani yo‘q va u bu holatdan norozi.

Alonso yosh futbolchilarning o‘yin istagi tabiiy ekanini aytdi. U jamoa hozir natija ko‘rsatishni xohlashini, Endrik esa sabrli bo‘lishi va "Real"da ekanini tushunishi kerakligini ta’kidladi.

Murabbiy futbolchining imkoniyati hali oldinda ekanini qayd etdi. Endrik 2024 yil yozida "Real"ga kelib qo‘shilgan.

Hujumchi Madrid klubi safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushgan, 7 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.