Reshford “Barselona” 26-oktabrda “Real”ni mag‘lub etishga intilishini aytdi

Reshford “Barselona” 26-oktabrda “Real”ni mag‘lub etishga intilishini aytdi
“Barselona” hujumchisi Markus Reshford Madridning “Real” jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U “Real” kuchli tarkib va tajribali murabbiyga ega ekani, jamoa hozir yaxshi sport formasida ekanini ta’kidladi.

Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Reshford “Real” safida eng yaxshi futbolchilar to‘plangani, shu sababli o‘yinda keskin va qiziqarli kurash bo‘lishini kutayotganini bildirdi.

U “Barselona” o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yganini va ijobiy natija uchun bor kuchini sarflashini aytdi. Ispaniya chempionatining o‘ninchi turi doirasidagi “Real” va “Barselona” uchrashuvi 26-oktabr kuni o‘tkaziladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanishi rejalashtirilgan. Reshfordning so‘zlariga ko‘ra, “Barselona” uchun bu o‘yin oson kechmaydi, biroq jamoa g‘alaba uchun harakat qiladi.

“El-Klasiko” tarixan har doim muhim va shiddatli o‘tgan, bu safar ham muxlislar kutilgan darajada o‘yin guvohi bo‘lishadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.