Ronaldu faoliyatini tugatish uchun "Sporting"ga qaytmoqchi

Ronaldu faoliyatini tugatish uchun "Sporting"ga qaytmoqchi

Portugaliya futboli afsonaviy yulduzi Krishtianu Ronaldu Saudiyaning \"An-Nasr\" jamoasini tark etishga qaror qildi. El Nacional nashrining ma’lumot berishicha, u katta futbolga ilk qadam qo‘ygan sevimli klubi — Lissabonning \"Sporting\" jamoasi safida faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda.

40 yoshni qarshi olish arafasida bo‘lgan Ronaldu “An-Nasr” bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo‘lishiga qaramasdan, uyiga qaytish uchun juda katta maoshdan voz kechishga tayyorligini bildirgan.

Joriy mavsumda portugaliyalik hujumchi yettita uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi va ikkita golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Afsonaning yo‘li yana vataniga — “Sporting”ga olib kelmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.