Xabi Alonso Pedriga qarshi maxsus reja tayyorladi

Xabi Alonso Pedriga qarshi maxsus reja tayyorladi
Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso “Barselona” tarkibidagi eng xavfli futbolchini aniqladi. Unga ko‘ra, “qaymoqranglilar” uchun yaqinlashib kelayotgan “El-Klasiko”da yarim himoyachi Pedrini to‘xtatish juda muhim hisoblanadi.

Euro-football.ru ma’lumotiga ko‘ra, Alonso agar 22 yoshli futbolchini o‘yindan chiqarib yuborish imkoni bo‘lsa, “Barselona” ustidan ustunlikka erishish osonlashishini ta’kidladi. Xabi Alonso “Real” bosh murabbiyi sifatida ilk bor “El-Klasiko”da ishtirok etadi.

U mazkur o‘yinda jamoasining g‘alabasiga erishish uchun Pedrini nazorat qilish kerakligini qayd etdi. “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuv yakshanba kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi. Pedri so‘nggi yillarda “Barselona”ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Uning maydondagi harakati va o‘yinga ta’siri “El-Klasiko” natijasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.