Arteta: Chempionlik poygasi haqida hali gapirish erta

Arteta: Chempionlik poygasi haqida hali gapirish erta

Londonning \"Arsenal\" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta joriy mavsumdagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. 26 oktyabr kuni \"Arsenal\" Angliya chempionati 9-turida o‘z maydonida \"Kristal Pelas\"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu g‘alaba ortidan \"to‘pchilar\" turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Matbuot anjumanida Arteta shunday dedi: \"Hali gapirishga erta, axir hozir oktyabr oyi. Ehtiroslar baland, ammo hali ko‘p narsani to‘g‘rilashimiz kerak\".

Hozirda \"Arsenal\"ning hisobida 22 ochko bor. Turnir jadvalining kuchli uchligidan \"Bornmut\" (18 ochko) va \"Sanderlend\" (17 ochko) ham joy olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.