"Anje", "Nitssa" va "Gavr" klublari g‘alaba qozondi


1-Liganing toʻqqizinchi turidagi bir nechta uchrashuvlar yakunlandi. \"Anje\" autsayderlar oʻrtasidagi bahsda \"Loryan\"ni 2:0 hisobida magʻlub etdi.
Jamoa safida Piter Prosper va Sidiki Sherif gol urishdi. Mehmonlar esa oʻzlariga berilgan penaltini amalga oshira olmadilar.
\"Nitssa\" esa safarda \"Renn\"ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Sofyan Diop va Jonatan Klossning birinchi boʻlim oxiridagi gollari jamoaga gʻalaba keltirdi.
Mezbonlar safida Abdelhamid Ait Budlal farqni qisqartirgan boʻlsa, uchrashuvning 90-daqiqasida Muhammad Mete tomonidan urilgan gol ofsayd tufayli bekor qilindi. \"Gavr\" ham safardagi uchrashuvda \"Oser\"ni 1:0 hisobida magʻlub etdi.
Mezbon darvozasiga yagona golni 47-daqiqada Abdullaye Ture kiritdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













