Mxitaryanning jarohati kutilgandan jiddiyroq


Milanning \"Inter\" klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan yaqin kunlardagi o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. 36 yoshli futbolchi yaqinda A Seriyasidagi \"Napoli\"ga qarshi o‘yinda 32-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
\"La Gazzetta dello Sport\" xabariga ko‘ra, Mxitaryanning jarohati dastlabki taxminlarga qaraganda ancha jiddiyroq bo‘lib chiqdi. Armanistonlik futbolchi to‘rt haftadan olti haftagacha maydonga tusha olmasligi mumkin.
Dushanba kuni o‘tkaziladigan tekshiruv uning to‘liq tiklanish muddatini aniqlab beradi. \"Napoli\"ga qarshi bellashuv \"Inter\" uchun 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi.
29 oktabr kuni Kristian Kivu boshqaruvidagi jamoa o‘z maydonida \"Fiorentina\"ni qabul qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













