Arteta Ezening gʻalabali goli haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

Londonning \"Arsenal\" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta \"Kristal Pelas\" ustidan 1:0 hisobida qo‘lga kiritilgan g‘alabada yarim himoyachi Eberechi Ezening kiritgan g‘alabali goli haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 27 yoshli ingliz futbolchisi o‘zining sobiq jamoasi darvozasini uchrashuvning 39-daqiqasida ishg‘ol qildi.
Maydon egalari mazkur hisobni saqlab qolishdi va Premer-liga jadvalida raqiblaridan farqni yana oshirishdi. \"Katta o‘yinchilar o‘zlarini shunday namoyon qilishadi, va albatta Eze ulardan biri.
Bunday lahzalar ko‘pincha butun mavsum taqdirini hal qiladi,\" - dedi Arteta o‘zining matbuot anjumanida. \"Arsenal\" eng yaqin ta’qibchisi \"Bornmut\" jamoasidan to‘rt ochko oldinda.
Chorshanba kuni London klubi Liga Kubogi doirasida o‘z maydonida \"Brayton\"ni qabul qiladi.













