Arteta: "Inkapye muxlislarning sevimlisiga aylanadi"


Londonning \"Arsenal\" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Piero Inkapyeni \"Kristal Pelas\" ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng alohida eʼtirof etdi. Ekvadorlik futbolchi sentyabr oyi oʻrtalaridan beri maydonga chiqa olmagan edi.
U jarohatidan forigʻ boʻlib, oʻyinning soʻnggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi va jamoasiga minimal ustunlikni saqlab qolishda yordam berdi. \"Bizning muxlislarimiz Inkapyeni sevib qolishadi, bu soʻzlarimni eslab qoling.
U yana oʻynay olishi juda yaxshi. Uning tajovuzkorligi va maqsadga intiluvchanligi har bir harakatida sezildi\", - dedi Arteta jurnalist Fabritsio Romanoga bergan intervyusida.
Piero Inkapye joriy mavsum boshida Leverkuzenning \"Bayer\" klubidan \"Arsenal\" safiga 52 million yevro evaziga oʻtgan edi.













