Nunu Mendesh: «Enrike o‘yinimni o‘zgartirdi»

Nunu Mendesh: «Enrike o‘yinimni o‘zgartirdi»
PSJ himoyachisi Nunu Mendesh jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike haqida fikr bildirdi. «Luis Enrike mening o‘yin uslubimni butunlay o‘zgartirdi!

Oldinroq men himoyada unchalik kuchli emas edim. U bu kamchilikni sezdi va mendan bu borada ko‘p ishlashni talab qildi.

Shu sababli men ko‘p qirrali futbolchiga aylandim. U tufayli biz hammamiz ko‘proq universal bo‘lib bormoqdamiz va bu butun faoliyatimiz davomida bizga yordam beradi», — dedi Mendesh ParisTeam nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda 23 yoshli portugaliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fransiya chempionatining to‘qqizta turi yakuniga ko‘ra, PSJ 20 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.