Bavariya Keynga o'rinbosar topdi

Bavariya Keynga o'rinbosar topdi
23 yoshli "Xoffenhaym" markaziy hujumchisi Fisnik Asllani Myunxenning "Bavariya" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Florian Plettanberg ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Bundesliganing amaldagi chempioni Asllanini Garri Keynning o'rinbosari sifatida 2026/2027 yilgi mavsumdan boshlab ko'rib chiqmoqda. Joriy mavsumda Fisnik "Xoffenhaym" tarkibida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchining transfer narxi 18 million yevroga baholanmoqda va uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.