Nainggolan Portugaliya murabbiyini tanqid qildi

Nainggolan Portugaliya murabbiyini tanqid qildi
Mashhur futbolchi Raja Nainggolan Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesni tanqid qildi. Avvalroq Martines Belgiya terma jamoasini boshqargan edi.

"Roberto Martines zaif murabbiy. Yaxshi murabbiy jamoaga o'ziga xos g'oya bera oladi.

Martines boshchiligida Belgiya terma jamoasida hech qanday g'oya yo'q edi. Bizda o'z uslubimiz, o'ynalgan kombinatsiyalar va jarima maydonchasidagi samarali hujumlar bo'lmagan.

Agar bizda yaxshiroq murabbiy bo'lganida, Belgiya terma jamoasi sovrinlar yutishi mumkin edi", - dedi Nainggolan Het Nieuwsblad nashriga. Eslatib o'tamiz, Roberto Martines boshqaruvida Belgiya terma jamoasi 2018 yilgi Jahon chempionatida uchinchi o'rinni egallagan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.