Vinisius Alonso qolsa, "Real"ni tark etadi

Vinisius Alonso qolsa, "Real"ni tark etadi
Braziliyalik hujumchi Vinisius Junior almashtirilganidan keyin g'azab bilan ko'rsatgan reaksiyasi uchun kechirim so'radi, biroq u o'z bayonotida murabbiy Xabi Alonsoni tilga olmadi. Bu esa futbolchi va murabbiy o'rtasida ziddiyat borligini ko'rsatmoqda.

Ispaniyaning Sport nashrida Vinisiusning kelajagi haqida maqola e'lon qilindi. Unda braziliyalik futbolchi Xabi Alonso "Real" bosh murabbiyi lavozimida qolgan taqdirda, kelasi yozda jamoani tark etishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan.

Manbalarga ko'ra, Vinisius va Alonso o'rtasidagi munosabatlarni tiklash deyarli imkonsiz. Futbolchi murabbiyni o'ziga nisbatan e'tiborsiz va adolatsiz munosabatda bo'layotganlikda ayblamoqda, ayniqsa, "Real" prezidenti Florentino Peresning yangi sevimlisiga aylangan Mbappeni boshqacha ko'rishi unga yoqmayapti.

Vinisius Juniorning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar imzolangan. Shuningdek, futbolchi "Real"ni tark etsa, qaysi klubga o'tishni afzal ko'rishi ham ma'lum qilingan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.