Pedri jarohat oldi va diskvalifikatsiya qilindi

Pedri jarohat oldi va diskvalifikatsiya qilindi

Pedri jarohat oldi va diskvalifikatsiya qilindi
O\'tgan dam olish kunlari \"Barselona\" \"Real\"ga qarshi safarda 1:2 hisobida mag\'lub bo\'ldi. \"El-Klasiko\"ning so\'nggi daqiqalarida \"ko\'k-anor ranglilar\" yarim himoyachisi Pedri ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.

Bu holat sababli 22 yoshli futbolchi La Liga doirasidagi keyingi o\'yinni diskvalifikatsiya tufayli o\'tkazib yuboradi. Bundan tashqari, ARA nashrining xabar berishicha, Pedri mushak jarohati olgan va shu sababli chorshanba kuni tiklanish dasturi asosida sport zalida shug\'ullangan.

Yarim himoyachining \"Elche\"ga qarshi o\'yindan tashqari, Chempionlar ligasidagi \"Bryugge\" va La Ligadagi \"Selta\"ga qarshi uchrashuvlarni ham o\'tkazib yuborishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.