Kivu: "Dastlab juda hayajonlanardim"

Kivu: "Dastlab juda hayajonlanardim"
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu joriy lavozimda ishlash tajribasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ruminiyalik mutaxassis iyun oyida Simone Indzagini almashtirib, klub boshqargan edi.

"Top-klubda ishlash qanday his? Oʻzim haqimda gapirishni unchalik yoqtirmayman.

Dastlab juda hayajonlanar edim va tashvishlar ko‘p edi – ko‘plab masalalarni hal qilish kerak edi. Endi esa hammasi oʻz joyiga tushib, ish jarayonidan zavq olyapman", – dedi Kivu DAZN telekanaliga bergan intervyusida "Fiorentina" ustidan 3:0 hisobida erishilgan g‘alabadan so‘ng.

"Neradzurri" Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 9 turdan keyin 18 ochko bilan uchinchi oʻrinni egallab turibdi va yetakchi "Napoli"dan uch ochko ortda qolmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.