Real futbolchilari 109 jarohat oldi

Real futbolchilari 109 jarohat oldi
Madridning "Real" jamoasida jarohatlar seriyasi davom etmoqda. Bir necha kun avval himoyachi Daniyel Karvahal jarohat olgan bo‘lib, u taxminan uch oy davomida maydonga tusha olmaydi.

Ispaniyaning Marca gazetasi xabar berishicha, so‘nggi uch mavsum davomida "Real" futbolchilari umumiy hisobda 109 marta jarohat olgan. Shundan 47 tasi himoya chizig‘idagi futbolchilarga to‘g‘ri kelgan.

Shu davrda "Real"ning 14 himoyachisidan 13 nafari jarohat olgan va ular birgalikda jami 2406 kunni tiklanishga sarflagan. Hozirgi vaqtda "Real" La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Keyingi turda Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa 1-noyabr kuni "Valensiya"ni qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.