PSJ yarim himoyachisi jarohat oldi

PSJ yarim himoyachisi jarohat oldi

PSJ yarim himoyachisi jarohat oldi
PSJning hujumkor yarim himoyachisi Dezire Due Fransiya chempionatining 10-turida \"Loryan\" jamoasiga qarshi bahsda jarohat oldi. Lequipe nashrining xabar berishicha, 20 yoshli vinger son jarohati sabab ikki-uch hafta davomida safdan chiqadi.

Joriy mavsumda Due sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va uchta golli uzatma berdi. \"PSJ\" va \"Loryan\" o‘rtasidagi bahs kutilmagan tarzda 1:1 hisobida yakunlandi.

Ushbu natijadan so‘ng Luis Enrike shogirdlari Fransiya chempionati turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchidan bir ochko farq bilan peshqadamlikni davom ettirishmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.