Barselona yosh iste'dodni nishonga oldi

Barselona yosh iste'dodni nishonga oldi
Portugaliyaning "Famalikao" klubi markaziy hujumchisi Yassir Zabiriy Yevropaning yetakchi klublari diqqat markaziga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini Ispaniyaning "Barselona" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Katalon klubi bu borada "Famalikao" rahbariyati bilan bog‘lanib, transferni muhokama qilgan.

Shuningdek, Zabiriyga "Sevilya", "Portu" va "Benfika" klublari ham qiziqish bildirgan. Joriy mavsumda Zabiriy Portugaliya chempionatida uchta o‘yinda maydonga tushgan, ammo hali samarali harakatlari qayd etilmagan.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 600 ming yevroni tashkil etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.